1

Qora energiya Koinotimizni parchalab tashlashi mumkin

Dunyo 25.11.2013, 10:28
Qora energiya Koinotimizni parchalab tashlashi mumkin
“Plank” kosmik observatoriyasi taqdim etgan yangi ma`lumotlar astrofiziklarni esankiratib qo`ydi.

Ba`zi tadqiqotchilarning fikricha, Koinotimizni dahshatli intiho kutayotgan bo`lishi
mumkin. Bunga bir necha milliard yildan so`ng sayyoramizni parchalab tashlashi mumkin
bo`lgan qora energiya sababchi bo`ladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Olimlar harorati muntazam ravishda o`zgarib turuvchi kosmik nurlanishni o`lchab ko`rdi. Ushbu
tebranishlar materiya zich quyqasining izidan iborat ekanligi aniqlandi. Ularni o`rgangan olimlar Koinotning 4,9% ko`zga ko`rinadigan materiyaga (sayyoralar, yulduzlar), 26,8% qora materiyaga va 68,3% qandaydir bir qora energiyaga to`g`ri kelishini qayd etdi. 
Olimlar qora materiyani o`chayotgan yulduzlarda tadqiq qilish mumkin deb hisoblaydi, energiya esa sir bo`lib qolmoqda. Ushbu energiya tuzilmasidagi o`zgarishlar butun Koinotda katta portlashni keltirib chiqarishi mumkin. 

Bu erda olimlarning fikri ikkiga ajraldi: ularning ayrimlari Koinot cheksiz qora tuynukka aylanadi, deb hisoblasa, boshqalari barcha kosmik zarralar shunchaki yo`qolishiga ishonchi komil.
Ba`zi bir olimlar esa makonli vaqt final daqiqalarida parchalarga ajraladi va ular bir-biridan yorug`lik tezligida uzoqlashadi, degan fikrda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1