1

“Samsung” “Apple”ga $290 mln to`laydi

Hi-tech 25.11.2013, 11:09
“Samsung” “Apple”ga $290 mln to`laydi
AQSh sudi “Samsung” kompaniyasi tomonidan “Apple” patentlarini buzganlik to`g`risidagi o`tgan yilgi qarorga berilgan shikoyatni ko`rib chiqdi va jarima miqdorini 290 million dollargacha kamaytirdi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Kaliforniya sudi “Apple” kompaniyasining smartfonlar bilan bog`liq oltita patentini tuzganligi uchun "Samsung” kompaniyasini 1,05 milliard dollarga jarimaga tortgandi. “Samsung” kompaniyasida ushbu jarima miqdori “Apple” tomonidan taklif etilgan formula bo`yicha hisoblangani bois noto`g`ri deb qayd etildi. Shu bilan birga, “Samsung” ushbu patentlarning mohiyatiga qo`shilmadi. Uning ta`kidlashicha, “Apple” qurilmalarning konkret xarakteristikalarini emas, balki dizaynini patentlashtirgan, bu esa patent qonunchiligiga ziddir.

Natijada, “Samsung” yuristlari Koreya kompaniyasi tomonidan ba`zi bir buzilishlar bo`lganini, biroq ular 52 million dollarga baholanishini tan oldi. Bu esa sud tomonidan belgilangan jarimadan 930 millionga kam.

Hozir boshqa birmaslahatchilar kollegiyasi o`tgan yilgi qarorni biroz tekislashga harakat qilib,
to`lov miqdorini "Apple” foydasiga 290 million dollargacha qisqartirdi. Ular yangi hukmdan “yo`qotilgan foyda” tushunchasini va boshqa yuqori ehtimollikdagi ko`rsatkichlarni chiqarib tashladi.   

Sud majlisi yakunlari bo`yicha maslahatchilar "Samsung” o`z aybsizligini isbotlash uchun ko`proq dalillarni taqdim etganida, to`lovlar miqdorini yanada ko`proq kamaytirishi mumkinligini bildirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1