Uzoq kutilgan va shov-shuvlarga sabab bo`lgan “Asian Fight 2017” turniri g`oliblari aniq bo`ldi...

Kechaning ilk jangida AYuBXON KAMOLOV hindistonlik VIKASh DAHIYaNI nokaut evaziga mag`lub etdi.

ISROILJON RASULOV Singapurdan tashrif buyurgan MUHAMMAD KAIRIni nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratdi.

HASANXON BARATOV rossiyalik MIXAIL KOLDORKINga qarshi murosasiz jangda nokaut evaziga ustun keldi.
Og`ir vaznli sportchimiz JASUR MIRZAMUHAMMEDOV kiprlik VARTAN APARIANni o`zining aniq zarbasi evaziga nokautga uchratdi.

Kechaning so`nggi jangida esa taniqli sportchimiz MAHMUD MURADOV ozarbayjonlik ZIYa MIRZAEVni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, navbatdagi g`alabani qayd etdi.
Cadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






