25.11.2013 16:01
Muqaddas Ka`ba kaliti sof oltindan yasalganiga almashtirildi
Marosimda Makka valiysi Xolid Feysal Ka`ba kalitini Ka`baning xizmatchisi Abdul-Qodir Shaybiyga topshirdi.
Marosimda musulmon malakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar qatnashishdi. Yangi kalit sof oltindan yasalgan bo`lib, unda “Moida” surasining 97 va “Oli-Imron” surasining 96 oyatlari hamda zikr va duolar zarb etilgan, bu haqda O`zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy sayti xabar beradi.
Ka`batulloh har yili ikki marotaba Zam-zam suvi va Erondan maxsus olib kelinadigan pushti suv (gulob) bilan tozalanadi. Ushbu marosimda Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla II qatnashdi.





