Eronning Abali shahrida avtobus ag`darilib ketishi oqibatida 11 nafar yo`lovchi halok bo`ldi, 28 kishi jabrlandi.
Hodisa bugun tongda yuz berdi. Ag`darilgan avtobus Kerej-Sari yo`nalishida harakatlangan.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, avtobus ruxsat etilgan 50 km/s tezlikda harakatlangan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.






