Turkiya janubi-sharqida xlordan zaharlanish oqibatida 100 dan ortiq kishi kasalxonaga yotkizildi.
Voqeaga sabab uch nafar mahalliy aholi tomonidan suvni zararsizlantiradigan xlorli bochka qishloqqa olib kelingani bo`lgan. Ushbu bochka ochilgach atrofga gaz tarqala boshlagan. Hodisa joyiga etib kelgan qutqaruvchilar mahalliy aholini zudlik bilan evakuasiya qildi, bugun tunda ular uylariga qaytishlari mumkin.
Mahalliy aholining so`zlariga ko`ra, ikki nafar aybdor ushlangan uchinchisi qidiruvda.






