my5
all

Magnus Karlsen shaxmat bo`yicha 16-jahon chempioni

Sport 25.11.2013, 16:56
2608
Magnus Karlsen shaxmat bo`yicha 16-jahon chempioni
U  Vishvanatan Anandni mag`lub qildi.  

Norvegiyalik Magnus Karlsen shaxmat bo`yicha 16-jahon chempioni bo`ldi. 

U hindistonlik chempion Vishvanatan Anand bilan kechgan shaxmat toji uchun o`yinda muddatidan oldin g`olib chiqdi. O`ninchi partiya durang bilan yakunlandi va Karlsen 6,5:3,5 hisob bilan g`alaba qozondi. O`ninchi partiyaning  to`g`ridan-to`g`ri translyasiyasi “YouTube” servisida namoyish etildi.  

Qayd etib o`tamiz, Anand 2007 yili rossiyalik Vladimir Kramnikni mag`lub etgan holda jahon chempioni unvonini qo`lga kiritgan edi. Hindistonlik shaxmatchi o`z unvonini ikki bor himoya qildi – 2010 yilda bolgar Veselin Topalov bilan va 2012 yilda isroillik Boris Gelfand bilan kechgan o`yinlarda.    

Шарҳлар