AsosiyDunyo

DUNYoNING ​8 NAFAR MILLIARDERI BIR KUNDA 8 MILLIARD DOLLARGA BOYIDI

'DUNYoNING ​8 NAFAR MILLIARDERI BIR KUNDA 8 MILLIARD DOLLARGA BOYIDI'ning rasmi

Forbes reytingida birinchi sakkiz pog`onani egallagan biznesmenlarning boyligi bir kunda 8,3 milliard dollarga ortdi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.

Aniqlanishicha, ro`yxatda etakchilik Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsda qolmoqda. Uning boyligi 277 million dollarga oshib, 85,3 milliard dollarga etgan. Bunga 12 sentyabr kuni aksiyalar narxining oshishi sabab bo`ldi.

Amazon aksiyalari ham ertalabdan 1,25 foizga oshdi. Djeff Bezos o`zining boyligini 83,3 milliard dollarga oshirib oldi. Eng ko`p boyigan Zara brendi asoschisi Amansio Ortega bo`ldi – (2,2 milliard). Ammo shunday bo`lsa ham u 82,2 milliard dollar bilan ro`yxatning uchinchi o`rnida qolmoqda.

To`rtinchi o`rindagi Uorren Baffet 926 million dollarga boyidi. Uning boyligini 76,4 milliardga baholashmoqda. Mark Sukerbergning boyligi ham 1 milliardga ko`paydi (72,1 milliard dollar). Meksikalik magnat Karlos Slimning boyligi yarim kunda 70,1 milliard dollarga etdi – 661 million.

Forbes ettinchi pog`onasini Oracle bosh direktori Larri Elliso egalladi. 12 sentyabr kuni uning boyligi 63,5 milliard dollarga etdi – o`sish 975 million. Forbes sakkiztaligini Moet Hennessy va Louis Vuitton benefisiari Bernar Arno yopib berdi. Uning davlati 1,3 milliardga oshib, 58,4 milliard dollarga etdi.

    Boshqa yangiliklar