1

Shifo maslahat: QALQONSIMON BEZ QALQONDEK MUSTAHKAMMI?

Salomatlik 13.09.2017, 10:34
Shifo maslahat: QALQONSIMON BEZ QALQONDEK MUSTAHKAMMI?

— Qalqonsimon bezdagi tugunlar xavflimi? Ular haqida to`liq ma`lumot bersangiz.

Lola Sharipova, Toshkent shahri

Natalya Ni, oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Qalqonsimon bezdagi tugunlar borligi profilaktik ko`rik vaqtida aniqlanadi. Bu tugunlar ko`p vaqt o`zini ko`rsatmaydi. Mayda tugunlar esa paypaslanganda sezilmaydi, ularni faqatgina ultratovush tekshiruvi orqali ko`rish mumkin. Katta (diametri 2 sm.dan oshsa) tugunlarni paypaslash orqali aniqlash mumkin. Bu tugunlar nega paydo bo`ladi va bu noxush holat aniqlanganda nima qilish kerak, degan savol ko`pchilikni qiziqtiradi.

Qalqonsimon bezda tugunlarning shakllanishiga ko`pincha yod moddasining etishmasligi sabab bo`ladi. Ba`zan esa genetik moyilik, atrof-muhitning yomonligi, havoda radiasiyaning yuqoriligi ham sabab bo`lishi mumkin.

Agar qalqonsimon bezingizda tugun aniqlangan bo`lsa, avvalo vahimaga tushmang. Diametri 1 sm.gacha bo`lgan tugunlar odatda xavfsiz hisoblanadi. Ultratovush tekshiruvida shifokor shubhali holatlar, masalan, kalsiy tuzlarining yig`ilishi, o`simta qirralarining notekisligi, bo`yin limfa tugunlarining kattarishi, kishi yaqinlarida qalqonsimon bez saratoni borligi aniqlasa, tugunlarni yanada chuqurroq o`rganish talab qilinadi..

Agar shifokor shubhali o`zgarishlarni aniqlamasa, bir yilda bir marta mutaxassis shifokor ko`rigidan o`tish etarli. Ammo tugun 1 sm.dan katta bo`lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1