25.11.2013 17:29
Turkmaniston prezidenti O`zbekistonda
Avval xabar berganimizdek, uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, uni yanada rivojlantirish istiqbollari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonotini qabul qilish, turli sohalarga oid ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni imzolashlari ko`zda tutilgan.
Rasmiy tashrifga doir batafsil ma`lumotlarni biz bilan kuzating.