1

Shifo maslahat: "YuZIMDAGI XOLNI OLDIRSAM BO`LADIMI?"

Salomatlik 13.09.2017, 10:48
Shifo maslahat: "YuZIMDAGI XOLNI OLDIRSAM BO`LADIMI?"

— O`ng yonog`im va yuzimning daxan qismida ikkita o`rtacha kattalikdagi xol bor. Teridan bo`rtib chiqib turishi menga yoqmaydi. Eshitishimcha, xollarni kichik jarrohlik aralashuvi yordamida olib tashlasa bo`lar ekan. Muolajaning biror salbiy ta`siri bo`lmaydimi?

Gulnora Akromova, Toshkent shahri

Rustam ZOKIROV, dermatovenerolog:

— Xollar (tibbiyot tilida nevus)ni olib tashlashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing. Mazkur muolaja go`zallik salonlarida emas, balki maxsus ixtisoslashgan klinikalarda bajarilishi lozim. Xolni olib tashlashdan oldin majburiy tarzda diagnostik tekshiruvlar o`tkaziladi. Bular klinik tashhis va epilyuminessent dermatoskop yordamida (og`riqsiz va jarohatsiz) amalga oshiriladigan usullardir. Mazkur ikki bosqichli tekshiruv xollarning xavfli yoki xavfsiz ekanligini aniqlashda ko`mak beradi. Shundan keyingina nevusni olib tashlash yoki qoldirish masalasi hal etilishi mumkin.Xollarni olishda lazerli muolaja usuli xavfsiz va teriga kam jarohat etkazishi bilan ahamiyatli.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1