1

​MARG`ILONDA “ATLAS BAYRAMI” FESTIVALINING MAHORAT DARSLARI BOShLANDI.

Madaniyat 13.09.2017, 14:57
​MARG`ILONDA “ATLAS BAYRAMI” FESTIVALINING MAHORAT DARSLARI BOShLANDI.

«Atlas bayrami» festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ`ib qilish, hunarmandlar o`rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta`minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Mahorat darsining 1-kunida taniqli mutaxassislar an`anaviy to`qimachilik va tadbirkorlik bo`yicha amaliy trening o`tkazdilar.

Ishtirokchilarning dastlabki mavzusi qadiymiy milliy matolarni qayta tiklash, ularning naqsh va gullarini o`rganish, 17-18 asrda mashhur bo`lgan matolar tarixini o`rganishga qaratildi.

Mahorat darsi davomida milliy maxsulotlarni keng tarqatishda zamonaviy imkoniyatlari bo`yicha so`z bordi. Unda mutaxassislar hunarmandlarning maxsulotlarini internet orqali jahon bozoriga olib chiqish, noodatiy buyum yaratish orqali o`z o`rniga ega bo`lish haqida ma`lumot berdilar.

Internetdan to`g`ri foydalanish va O`zbekistondagi ommabop vep saytlari haqida ma`lumot berib, seminarda avvalgi asrda axborot texnologiyalari va hozirgi zamondagi axborotlar qulayligi haqida aytib o`tildi.

Joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirildi. Unda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar o`z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an`anaviy kashtado`zlik, tabiiy bo`yash, liboslar dizayni bo`yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.

13 sentyabr kuni viloyatlardan tashrif buyurgan hunarmand va dizaynerlar 3 guruhga ajralgan holda amaliy faoliyat olib boradilar. Ishtirokchilarga Aygul Janserikova, Madina Kasimbaeva, Marhamat Umarova tajribalarini o`rtoqlashadilar. Amaliy mashg`ulotlarda kigizchilik, an`anaviy kashtachilik, liboslar chizmalarini aks ettirish bo`yicha fikr-mulohazalar yuritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1