Xalqaro olimpiya qo`mitasi Parij va Los-Anjelesga 2024 va 2028 yillarda Olimpiya o`yinlarini o`tkazish huquqini berdi.
TASSning xabar berishicha, ushbu qaror XOQning Lima shahrida o`tkazilgan 131-sessiyasida qabul qilingan.
Shu munosabat bilan Parij va Los-Anjeles qo`mitalari bilan uchtomonlama shartnoma imzoladi.
Keyingi yozgi Olimpiya o`yinlari 2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokioda bo`lib o`tadi.