AsosiySalomatlik

Qahva qachon sog`liq uchun xavfli?

Veyn Steyt universiteti olimlari uyqudan hatto olti soat oldin ichilgan 2-3 chashka qahva ham odamni bir soat uyqudan mahrum etishi haqida ogohlantiradi.

“The Daily Mail”ning qayd etishicha, kechki ovqatdankeyin ichilgan qahva uyqu rejimini buzishi aniq.

Mutaxassislar bu borada 12 nafar ko`ngilli bilan tadqiqot o`tkazdi. Eksperiment davomida ularga tarkibida 400 milligramm kofein moddasi (taxminan 2-3 chashka qahvaga teng) bo`lgan tabletkalar berildi.
To`rt kun davomida odamlar ularni uyqudan 6 va 3 soat oldin hamda uxlash uchun chiroq o`chirilayotgan paytda yana bir porsiyadan qabul qilgan.   Kofeinli tabletkalar tufayli tadqiqot ishtirokchilari bir soat uyqusini yo`qotgan holda tunda ko`proq u yoq bu yoqqa ag`darilgan. Demak, to`yib uxlashni istagan odam, kechqurun soat 5 dan keyin qahvadan voz kechgani ma`qul, chunki kofeinning rag`batlantiruvchi ta`siri olti soat saqlanib turadi.  

Kofein uyquga ketishni ta`minlovchi birikmaning, ya`ni melatonin moddasining hosil bo`lishi jarayonini buzadi. Melatoninni g`uddasimon bez ishlab chiqaradi, u sirkada ritmlarini nazorat qilishga yordam beradi va tanaga qachon uxlash va qachon uyg`onish kerakligini “aytib turadi”. Bundan oldin kofeinli qahva melatonin miqdorini 50% ga kamaytirishi va bu bilan uyquning davomiyligini 1,5 soatga qisqartirishi isbotlangan edi. 

    Boshqa yangiliklar