O`zbekiston Futbol Federasiyasining bayonoti
So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarning ko`payishi va ularda asossiz xabarlarning tarqatilishi ortidan O`zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi.
O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yo`q va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti.
Federasiya bilan bog`liq rasmiy bayonotlar, xabar va ma`lumotlar O`FF rasmiy saytida, O`FFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi.
O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti va tegishli rahbarlarga info@the-uff.com elektron pochtasi orqali taklif va mulohaqazalar bilan murojaat qilish mumkin. Federasiya prezidenti va mutasaddi rahbarlar futbol jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari, ishqibozlarning taklif va mulohazalarini eshitishga tayyor.






