AsosiySport

​FIFA REYTINGIDA O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI 69-O`RINDA QAYD ETILDI

'​FIFA REYTINGIDA O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI 69-O`RINDA QAYD ETILDI'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan 69-pog`onaga joylashdi.

Terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 5 o`ringa pastladi va OFKga a`zo mamlakatlar orasida 7-o`rinni egalladi. Eron terma jamoasi 865 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda O`zbekiston futbol Federasiyasi xabar berdi.

Kuchli uchlikdan Yaponiya (737) va Avstraliya (662) terma jamoalari joy oldi. Quyida OFKga a`zo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.

1 (25). Eron – 865 ochko;

2 (40). Yaponiya – 737 ochko;

3 (50). Avstraliya – 662 ochko;

4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;

5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;

6 (62). Xitoy – 564 ochko;

7 (69). O`zbekiston – 511 ochko;

8 (72). BAA– 480 ochko;

9 (75). Suriya – 465 ochko;

10 (85). Qatar – 406 ochko.

Germaniya terma jamoasi 1606 ochko bilan FIFA reytingida yana peshqadamlikni qo`lga oldi. Braziliya 1590 ochko bilan ikkinchi o`ringa pastladi. Kuchli uchlikka Portugaliya termasi (1386) yakun yasab berdi.

    Boshqa yangiliklar