O`zining ilk to`pini Maradona 7 yoshiligida amakivachchasidan sovg`a sifatida olgan. Karerasini «Arxentinos Xuniors»da boshlagan Diego 1982 yilda «Barselona» jamoasi tarkibiga qo`shiladi. Uning transfer mablag`i o`sha payt uchun rekord deb qayd etilgan — 8 mln. dollar. Maradona «Sevilya», «Napoli», «Boka Xuniors», «Nyuells Old Boyz» klublarida ham to`p surgan.
- MARADONA BUENOS-AYRESNING FAXRIY FUQAROSI HISOBLANADI.
- “NAPOLI” KLUBI O`Z TARIXIDA BIRINChI MARTA MAMLAKAT ChEMPIONI BO`LGANIDA MARADONANING 10 RAQAMLI FUTBOLKASI NEAPOLDAGI BARChA HAYKALLARGA KIYDIRILGAN.
- 1987 YIL ITALIYaDA ASOSIY TAOM BO`LMISh PISSA “MARADONA” NOMI BILAN ATALGAN.
- 22.06.1986. MARADONANING ShU SANADA BO`LIB
O`TGAN ARGENTINA-ANGLIYa MATChIDA URGAN GOLI “TANGRINING QO`LI” DEB ATALDI.
- 1995 YILDA MARADONA
“OLTIN TO`P”GA SAZOVOR BO`LDI.
- 53,6% FIFA SO`ROVNOMASI IShTIROKChILARI MARADONANI XX ASRNING ENG
YaXShI FUTBOLChISI DEB TAN OLIShDI. LEKIN FEDERASIYa EKSPERTLARI BU UNVONNI
PELEGA BERIShDI VA BU QARORDAN MARADONA QATTIQ RANJIDI. JANJAL KELIB
ChIQIShIDAN ChO`ChIGAN MUTAXASSISLAR O`Z XATOLARINI “O`TGAN ASRNING IKKITA ENG
ZO`R O`YINChISI BO`LGAN” DEB TUZATIShGAN.