Bunday fotosuratlar ularni olgan kishilar uchunyoki ularda tasvirlangan odamlar uchun juda ahamiyatli bo`ladi. Biroq, ba`zan, begona kuzatuvchi ham ularni tomosha qilayotganda befarq qololmaydi. Diqqat! Quyida e`tiboringizga ana shunday suratlar to`plamini taqdim etamiz.
Lukas Xembri va uning Juno laqabli iti. Sobiq polisiyachi Chester Xembriga Sanfilipposindromiga chalingan o`g`li Lukasda etaklab yuruvchi itga ega bo`lish imkoniyati kam ekanini ma`lum qilishganida, Chester Tennesidagi itlar boshpanasidan ushbu Juno
laqabli itni asrab oladi va unga hammasini o`zi o`rgatadi.

Mushak distrofiyasi tufayli nogironlar aravachasiga mixlangan 12 yoshli Lukas o`zining do`sti va suratkash Matey Pelyan tufayli jismoniy erkinlikka ega bo`ldi.



Vafodor it o`zining halok bo`lgan xo`jayiniga motamtutmoqda. Xouki – zobit Jon T.Tamilsonning sadoqatli to`rt oyoqli do`sti – xo`jayinining jasadi solingan tobut yonida polda yotibdi. U butun marosim davomida ana shunday holatda yotdi.

Jon o`zining sevimli iti – artritdan aziyat chekayotgan 19 yoshli Shep uchun suv terapiyasi seansini o`tkazmoqda. Suvning ko`tarma kuchi Shepni tinchlantiradi va u xo`jayinining qo`lida uxlab qoladi. Ushbu fotosurat tarmoqda tarqalishi bilan dunyoning turli burchaklarida yashovchi odamlardan Shepni operasiya qilish va unga dorilar sotib olish
uchun pullar kela boshladi. Qolgan mablag`ni Jon hayvonlarga yordam xayriya jamg`armasini tashkil etishga sarfladi.

Erkak xotirasini yo`qotgan o`z rafiqasini alifboga o`rgatmoqda. Sabr-toqat, mehr-muhabbat va tushunish.

Ikkita volontyor-o`qituvchi Nyu-Dehlida (Hindiston) qashshoq bolalarga bepul dars o`tmoqda.

Erkak o`z rafiqasini qutqarish uchun qo`lidan kelgan hamma ishni qilyapti. Taxtachadagi yozuv: «Rafiqam uchun buyrak kerak».

Saratonga chalingan qizcha oynaga o`z orzusini chizmoqda.

Tetra-Ameliya sindromi tufayli qo`llar va oyoqlarsiz tug`ilgan avstraliyalik Nik Vuychich ko`pchilik odamlardan ko`ra to`laqonliroq hayot kechiradi.


Erkak marhuma xotini bilan birga o`tirishni yoqtiradigan skameyka yonida turibdi.

Eri vafot etgan ayol har kuni oldingiday u bilan birga tushlik qiladi.

Bedavo dardga yo`liqqan ona qizining to`yini Skayp orqali tomosha qilyapti.
