Birlashgan Arab Amirliklarining aholi zich yashaydigan shaharlarida suv yuzasida suzuvchi villalar qurilishi rejalashtirildi...
6 sentyabr kuni “New Living on Water” loyihasi ishga tushadi. Bu loyihaga asosan nostandart arxitektura asosida qurilgan suzuvchi uylarni quruqlikka eltuvchi yo`llar va shosselar birlashtirib turadi.
Villalar uch qavatli bo`ladi. Eng pastki qavat ikki qismga bo`linib, biri og`irlikni muvozanatda saqlash uchun, boshqasi esa ikkinchi darajali binolar uchun ishlatiladi.
Binoning ikkinchi qavatida to`rtta yotoqxona, vannaxona, ish kabineti, mehmonxona va oshxona, tabiat manzarasini tomosha qilish maydonchasi bo`lishi ko`zda tutilgan. Eng yuqori qavatda ayvonli oshxona bo`ladi. Har bir qavatda suvni va havoni tozalovchi filtrlar o`rnatiladi. Bunday villalarning narxi 11 million dollar deb baholangan






