AsosiyHi-tech

BIRINChI YoRDAM KO`RSATIShNI O`RGATADIGAN ADYoL

'BIRINChI YoRDAM KO`RSATIShNI O`RGATADIGAN ADYoL'ning rasmi

Tajribadan shu narsa ma`lumki, aksariyat odamlar biror falokatdan jabr ko`rgan insonga yordam berishdan qo`rqadi, chunki bunday holatda unga qanday yordam ko`rsatishni bilishmaydi. Bu dolzarb muammoni hal etish uchun Xitoyning Chjeszyan universiteti o`qituvchilari cho`kkan odamga birinchi yordam ko`rsatish uchun mo`ljallangan maxsus adyolni ixtiro qilishdi. Ular bu ixtiro orqali ko`pchilikning hayotini saqlab qolishlariga umid qilishmoqda...

Favqulodda vaziyatlarda inson birinchi yordam ko`rsatish oldidan o`zini xotirjam tutishi, shoshilmasligi lozim. Agar jabrlangan odam hushdan ketgan bo`lsa, ko`pchilik uni o`ziga keltirish uchun noto`g`ri harakatlarni amalga oshiradi. Bu ayniqsa jiddiy shikast olganda juda xatarlidir. Bunday holatda albatta, tibbiyot xodimlarining aralashuvi zarur bo`ladi.

Mazkur muammoni hal etish uchun “Birinchi yordam ko`rsatish adyoli” nomli maxsus loyiha ishlab chiqildi. Bu adyol to`qimachilik mahsuloti bo`lgan gazmoldan tayyorlangan bo`lib, unda tibbiyot xodimlari etib kelguncha birinchi yordam ko`rsatishda qanday harakatlarni amalga oshirish yo`riqnomasi aniq va ravshan qilib, yozib qo`yilgan.

Adyol jabrlangan odamga zarar etkazmay, birinchi yordam ko`rsatishni istagan har bir odam uchun mo`ljallangan. U ayniqsa, cho`kkan odam uchun juda foydalidir.

    Boshqa yangiliklar