1

Filippinliklar daraxtlar yordamida tayfunga qarshi kurashmoqchi

Dunyo 27.11.2013, 17:54
Filippinliklar daraxtlar yordamida tayfunga qarshi kurashmoqchi
Filippin hukumati tayfunlar paytida suvdan tabiiy to`siqni yaratish maqsadida mangr daraxtlarini ekish niyatida.

Bundan tashqari, mangr o`rmonlari qirg`oq chizig`i yuvilib ketishining oldini olish uchun ham zarur. 

Filippin atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ramon Payening so`zlariga ko`ra, daraxtlar o`sishi uchun 5-7 yil vaqt kerak bo`ladi. Daraxtlarni ekish ishlari tez orada boshlanadi. Shuningdek, mamlakat hukumati qirg`oq zonasini har qanday qurilmalardan ozod etishni, sohil bo`yida yashovchi odamlarni esa boshqa joyga ko`chirishni rejalashtirgan.

Shu o`rinda, oldin mangr o`rmonlari joylashgan ko`p sonli hududlar tijorat maqsadlarida foydalanish uchun daraxtlardan tozalanganini aytish joiz. Daraxtlar qurilish materialiga aylanib, ularning o`rnida baliqlar uchun qo`ltiqlar qurilgandi.

Dovullar muntazam ravishda Filippinga tahdid soladi. Xususan, 8 noyabr kuni mamlakatga Yolanda (Xayyan) supertayfuni yopirildi. Ushbu tabiiy ofat oqibatida 5,2 mingdan ziyod kishi halok bo`ldi, 1,6 ming nafar kishi bedarak yo`qoldi. Dovul 290 mingga yaqin uyni butkul vayron qilib, yana shunchasiga shikast etkazgan. Buning natijasida to`rt million nafar filippinlik boshpanasiz qolgan.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1