1

​O`ZBEKISTON DAVLAT YoShLAR TEATRI 90 MAVSUMINI BOShLADI

Madaniyat 20.09.2017, 12:18
​O`ZBEKISTON DAVLAT YoShLAR TEATRI 90 MAVSUMINI BOShLADI

Ushbu mavsumni bolalarning sevimli ertagiga aylangan "Ming bir kecha" turkumidan "Alovuddinning sehrli chirog`i" tomoshasi ochib berdi. Do`stlik, ezgulik, mo`jizalarni o`zida mujassam etgan spektakl yorqin chiqishlar, chiroyli sahna bezaklari, aktyorlarning mahoratli ijrolari bilan o`ziga xos tarzda namoyish etildi.

Toshkent yosh tomoshabinlar teatri 1928 yil 30 aprelda tashkil topgan. Ikki tashabbuskor - shifokor S.Eten va rassom S.Malt teatrni "Tom amakining xarobasi" spektakli bilan ochib berdilar. Yangi teatr jamoasi o`zining sharafli tarjimai holini shaxsiy imoratisiz, dekorasiya va kostyumlarsiz, ammo ulkan, bolalarga quvonch hadya etish niyati bilan boshladi. 1991 yilda N.Abdurahmonov Yosh tomoshabinlar teatri boshqaruvini qabul qilib oldi va 1988 yilda u tomonidan tashkil qilingan "Dard" teatr-studiyasi ijodiy guruhi Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi bilan tabiiy ravishda qo`shilib ketdi. N.Abdurahmonov teatrga kelishi bilan Yosh tomoshabinlar teatri rivojlanishning yangi bosqichiga ko`tarildi. U nafaqat teatrning butun tuzilish tizimini o`zgartirgan badiiy rahbar, balki yangidan-yangi g`oyalar beruvchi ijodkor bo`lib, o`zining bo`lajak aktyorlarni tayyorlash tizimiga ega edi. 1991 yilda teatr qoshida aktyorlik mahorati va boshqa yo`nalishlar bo`yicha saboq beradiga maktab-studiya tashkil qilinadi. Mazkur maktabning eng sara bitiruvchilari teatr jamoasiga qabul qilinadi. Ichki hayotdagi va tashqi siyosatdagi o`zgarishlar 1998 yilda teatrning O`zbekiston yoshlar teatri deb qayta nomlanishiga olib keldi. Qisqa muddat ichida Nabi Abdurahmonov Yoshlar teatrini mamlakatning eng etakchi jamoalari safiga olib chiqdi. Mazkur teatrni nafaqat yurtimizda, balki chet ellarda ham juda sevishadi va bajonidil gastrol safarlari va xalqaro festivallarga taklif qilishadi. 1997 yildan teatr Bolalar va yoshlar teatrlari xalqaro Assosiasiyasi a`zosi hisoblanadi. Nabi Abdurahmonov esa uning O`zbekistondagi Markazi prezidenti etib saylangan. Bugungi kunda teatr juda ko`p chet davlatlarda ham o`z muxlislariga ega hamda bir qator davlatlar elchixonalari va badiiy yuksak san`at bilan qiziqqan bir qancha tashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1