1

O`zbekistonda qish mavsumiga ob-havoni bashorat qilishdi

Jamiyat 29.11.2013, 10:21
O`zbekistonda qish mavsumiga ob-havoni bashorat qilishdi
Mavsumiy harorat bashoratlarini tuzayotganda  o`rtacha ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi, bunda kundalik ob-havoga o`xshab aniq raqamlarni keltirish mushkul.

Shuning uchun hozirdan eng sovuq kunlar haqida gapirishning iloji yo`q. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassislari [url=http://uz24.uz/uz/society/uish-faslida-bizni-uanday-ob-avo-kutmouda]Uz24 nashriga ma`lumot berishdi. Odatda yurtimizda eng past harorat dekabrning ikkinchi yarmidan, fevral oyining o`rtalarigacha kuzatiladi. Biroq, ba`zi hollarda, huddi 2010-2011 yilgi qish mavsumida bo`lganidek eng sovuq kunlar fevralga to`g`ri kelib qolishi ham mumkin.

O`zbekistonda qish faslida sovuq haroratning uzoq vaqtgacha birdek saqlanib turishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Oxirgi bor bunday harorat 2007-2008 yillarda qayd etilgandi. Kelayotgan qishki mavsumda haroratning tez-tez o`zgarib turishi kutilmoqda.

Jumladan O`zbekiston hududida qish mavsumi davomida vaqti-vaqti bilan me`yordan yuqori issiq havoning, aksincha me`yordan 2-4, ba`zi joylarda 7-10 daraja past ko`rsatkichi bilan almashib turishi mumkin. 

Meteorologiya mutaxassisi Yangi yil ob-havosi to`g`risida so`ralganda, dunyoda 6 sutkadan ortiq vaqtga aniq ob-havo bashoratini aytish mushkulligini va shu sababli yangi yil ob-havosi haqida biroz vaqt o`tib to`xtalish maqsadga muvofiq bo`lishini aytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1