1

FARG`ONA VILOYaT MUSIQALI DRAMA TEATRI TOShKENTDA!

Madaniyat 23.09.2017, 10:31
FARG`ONA VILOYaT MUSIQALI DRAMA TEATRI TOShKENTDA!

O`zbek milliy akademik drama teatrida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg`ona tomonidan sahnalashtirilgan "Navoiy va Boyqaro" spektakli namoyish etildi.


Xuroson davlati va buyuk Temuriylar saltanati tarixining katta bilimdoni, O`zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub “Navoiy va Boyqaro” she`riy dramasi bu borada qo`yilgan yangi qadam bo`ldi. Asar Farg`ona viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan.

Asarni taniqli rejissyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, Qoraqalpog`iston Respublikasi san`at arbobi Marat Azimov sahnalashtirdi.

Tajribali rejissyor Marat Azimov muallif mahorati va Farg`ona teatri aktyorlarining izlanishi, intilishini muvofiqlashtirib, spektakl muvafaqqiyatini ta`minlagan. Navoiy siymosini yaratgan Adham Qirg`izboev, Boyqaro (Turg`un Qosimov), Xadichabegim (Maharam Rahimova), Nizomulk (Kimsanboy Sobirov), Ofoq (Dildora Mirzaeva) sahnada chinakam yashadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1