1

Mashhur Moda uylari YuNISEF uchun qo`rg`irchoqlar yaratdi

Dunyo 29.11.2013, 17:57
Mashhur Moda uylari YuNISEF uchun qo`rg`irchoqlar yaratdi
O`zining lyuks sinfiga kiruvchi to`plamlari bilan mashhur 40 dan ziyod brend YuNISEFning xayriya auksioni uchun qo`g`irchoqlar to`plamini yaratish borasida o`z kuchini birlashtirdi.

Mazkur aksiyada “Chanel”, “Christian Dior”, “Dolce&Gabbana”, “Lanvin”, “Gucci”va “Jean Paul Gaultier” moda uylari qatnashdi, deya xabar beradi “ELLE” nashri.

2 dekabr kuni o`tkaziladigan auksion kuniga qadar o`yinchoqlar Parijdagi “Kichik saroy” muzeyida saqlanadi. Bu vaqt ichida ushbu kichkina san`at asarlarini barcha xohlovchilar borib ko`rishi mumkin. 

Shu o`rinda, har yili dizaynerlar, moda olamining mashhur kishilari va rassomlar jajji durdona asarlarni yaratishini qayd etish joiz. Bu safar ular “Go`zal Parij” g`oyasidan
ilhomlangan ko`rinadi, chunki qo`g`irchoqlarda shu shaharning dilbar ayollarini tanib
olish mumkin.

Ushbu qo`g`irchoqlar o`zida mashhur moda uylarining eng yaxshi sifatlari va an`analarini aks ettirgan. Masalan, “Chanel” uyi afsonaviy tvid jaket kiydirilgan Koko qo`g`irchog`ini
yaratgan. Shu bilan birga, mazkur tadbir yosh dizaynerlarga o`zini namoyon etish va
xayriya dasturida qatnashish imkonini ham beradi.

O`yinchoqlar savdosidan tushgan barcha mablag`lar Darfurdagi (Sudan) bolalar uchun vaksinalar sotib olishga yo`naltiriladi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1