1

Islom Karimov Dmitriy Medvedevni qabul qildi

Jamiyat 30.11.2013, 10:15
Islom Karimov Dmitriy Medvedevni qabul qildi
29 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
 
Medvedev Toshkentga Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zodavlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun kelgan.
 
Suhbat chog`ida O`zbekiston va Rossiya bir-biri uchun har doim ochiqligi, qaror topgan do`stlik va hamkorlik rishtalari yuksak qadrlanishi qayd etildi.
 
Suhbat chog`ida jahon moliyaviy inqirozi davom etayotganiga qaramay, tomonlar o`zaro savdo-sotiqning yuqori ko`rsatkichlarini saqlab qolishga erishgani va 2012 yilda uning hajmi 12 foizdan ko`proq oshib, 7,6 milliard AQSh dollarini tashkil etgani mamnuniyat bilan ta`kidlandi. O`zaro tovar ayirboshlash tarkibida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda.
 
Rossiya hukumati Raisi samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi va Rossiya rahbariyati o`zaro ishonch, davlatlarimiz va xalqlarimiz oldida turgan uzoq muddatli maqsad va vazifalardan kelib chiqib, O`zbekiston bilan serqirra hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash borasida bundan buyon ham hamjihatlikda ish olib borish tarafdori ekanini ta`kidladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1