AsosiySport

​O`ZBEKISTON U-16 TERMA JAMOASI OSIYo ChEMPIONATIGA YO`LLANMANI QO`LGA KIRITA OLMADI

'​O`ZBEKISTON U-16 TERMA JAMOASI OSIYo ChEMPIONATIGA YO`LLANMANI QO`LGA KIRITA OLMADI'ning rasmi

O`zbekiston U-16 terma jamoasi OCh saralashi "A" guruhi 5-turida Saudiya Arabistoni U-16 termasiga 0:1 hisobida yutqazdi va kelasi yili bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kirita olmadi. Bu haqda O`FF xabar berdi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida OCh saralashi "A" guruhi bahslari yakunlandi va Osiyo chempionatiga yo`l olgan jamoa aniqlandi.

Musobaqaning so`nggi turida Saudiya Arabistoni U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan O`zbekiston U-16 terma jamoasi raqibiga kichik 0:1 hisobida mag`lub bo`ldi va guruh bosqichini uchinchi o`rinda yakunladi.

Ta`kidlash lozim, ushbu guruhda Iordaniya terma jamoasi birinchi o`rinni qo`lga kiritgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo`llanma oldi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa ham, gollar nisbati tufayli ikkinchi o`rin egalari orasida eng yaxshi beshta jamoa safiga kira olmadi. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U16 terma jamoasi esa 7 ochko bilan guruh bosqichida uchinchi o`rinni egalladi.

U-16 Osiyo chempionati saralashi.

Ar Riyod, Saudiya Arabistoni.

"A" guruhi, 5-tur.

O`zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:1.

Gol: Hassan Al Ali (80).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar