1

Suriyaning kimyoviy qurolini yo`q qilish 40 mln evroga tushadi

Dunyo 30.11.2013, 17:05
Suriyaning kimyoviy qurolini yo`q qilish 40 mln evroga tushadi
17 dekabr kuni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining (KQTT) bosh direktori Axmet Uzumju tashkilotning ijrochi qo`mitasiga Suriyaning kimyoviy qurolini yo`q qilish rejasini taqdim etishi kutilmoqda. 

KQTT rahbarining so`zlariga ko`ra, Suriya hukumati tomonidan deklarasiya qilingan kimyoviy qurol-yarog`ni yo`q qilish 35 dan 45 million evrogacha tushadi. Ushbu mablag`ga uni transportirovka
qilish qiymati kiritilmagan.

Axmet Uzumju kimyoviy qurolni yo`q qilish uchun mablag`lar yig`ish maqsadida trast fondini tashkil etganini aytadi. Uning so`zlariga qaraganda, kimyoviy materiallarning katta qismi
ishlab chiqarish ximikatlaridan iborat  bo`lib, ular xavfsiz tarzda yo`q qilinishi mumkin.
KQTT tomonidan qabul qilingan reja bo`yicha kimyoviy qurol-yarog` Suriya hududidan uzog`i bilan 2014 yilning 5 fevralida olib chiqilishi va 30 iyunga qadar yo`q qilinishi kerak. Zarin
gazini ishlab chiqarishda qo`llanadigan izopropanol moddasi bundan mustasno. Zaharlovchi moddalarning eng xavfli turlari yil oxirigacha olib chiqib ketilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1