AsosiyJamiyat

Rossiyalik taniqli aktyor vafot etdi

30 noyabr kuni Moskvada Rossiya xalq artisti Yuriy Vasilevich Yakovlev 86 yoshida vafot etdi.

ITAR-TASS agentligining ma`lumot berishicha taniqli aktyor uzoq muddatli kasallikdan so`ng vafot etgan.

Yuriy Yakovlev Vaxtangov nomli teatrda 60 yildan oshiq faoliyat olib borgan. Aktyor teatr va kinoda yuzdan ortiq rollarni ijro etgan iste`dodli aktyorlardan biri sanaladi. Yakovlevni aksariyat tomoshabinalar “Ivan Vasilevich kasbini o`zgartiradi” hamda “Taqdir hazili yoki qushdek engil bo`ling” komediyalaridagi rollari orqali yaxshi tanishadi.

Yuriy Yakovlev1928 yil 25 aprelda Moskva shahrida huquqshunoslar oilasida tavallud topgan. U umrining so`nggi onlarigacha Evgeniy Vaxtangov nomidagi Rossiya Davlat akademik teatrida ishladi.
 

    Boshqa yangiliklar