AsosiyJamiyat

FACEBOOK PREZIDENTNING SAHIFASIGA RASMIY STATUS BERDI

'FACEBOOK PREZIDENTNING SAHIFASIGA RASMIY STATUS BERDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi delegasiyasi Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da bo`lib, Facebook bosh qarorgohida uchrashuv o`tkazgani haqida xabar bergandik.

Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Facebook tarmog`idagi sahifasiga rasmiy maqom berish bo`yicha ham kelishib olingandi. Facebook kompaniyasi vakillari uchrashuv vaqtida bergan va`dalari ustidan chiqdilar, deya xabar beradi vazir Sherzod Shermatov.

“Bugundan Prezidentimizning Feycbukdagi sahifasi kompaniya tomonidan tekshirilib rasmiy status, ya`ni ko`k rangdagi belgi berildi. Bu esa o`z navbatida Prezidentimiz faoliyatlariga doir axborotlarni yanada kengroq ommaga tarqatishga imkoniyat beradi va turli xil boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida birinchi qilib aynan rasmiy sahifani ko`rsatadi”, deb yozadi vazir o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Rasmiy sahifa ushbu manzilda joylashgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar