02.12.2013 14:50
1 yanvardan tadbirkorlar internet orqali ro`yxatdan o`tadilar
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2013 yil 25 noyabrda "Tadbirkorlik sub`ektlarini internet tarmog`i orqali davlat ro`yxatidan o`tkazish mexanizmni joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorini qabul qildi, deya xabar beradi Norma.uz.
Hujjatni qabul qilishdan maqsad tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay sharoitlar yaratish, ro`yxatdan o`tkazish tariblarini elektronlashtirishdan iborat. Unga ko`ra, 2014 yilning 1 yanvaridan mamlakatimizda tadbirkorlik sub`ektlarini Internet tarmog`i orqali davlat ro`yxatidan o`tish mexanizmidan foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Elektron ro`yxatdan o`tkazish ta`sis hujjatlarini masofadan turib va interaktiv rasmiylashtirish yo`li bilan, namunaviy shakllar asosida tayyorlash imkoniyati bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari [url=http://my.gov.uz/]portali [url=http://my.gov.uz/uz]My.gov.uz yordamida amalga oshiriladi.
Elektron ro`yxatdan o`tkazishda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish, shuningdek ro`yxatdan o`tkazilgan ta`sis hujjatlarini va tadbirkorlik sub`ektlarining davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomani berish elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Kredit tashkilotlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan kredit tashkilotlariga tadbiq etilmaydi.
Davlat soliq qo`mitasi va davlat statistika qo`mitasiga 2014 yilning 1 yanvariga qadar barcha ro`yxatdan o`tkazuvchi organlarga ularning Internet tarmog`idagi tegishli idoraviy saytlaridan foydalangan holda real vaqt rejimida tabirkorlik sub`ektlariga soliq to`lovchining identifikasiya raqami (STIR) va KTUT kodini berilishi imkoniyatini berish topshirildi.