AsosiyHi-tech

NEFTNI ShIMADIGAN MATO

'NEFTNI ShIMADIGAN MATO'ning rasmi

Dengiz va okeanlarning ifloslanishining asosiy sabablaridan biri bu neft. Negaki, neft qoldiqlari suv yuzasini berkitib, suv osti olamida yashovchi jonivorlarning nafas olishiga to`sqinlik qiladi. Bu esa o`z navbatida juda keskin vaziyatlarni yuzaga keltiradi. AQShning Agronne milliy laboratoriyasi olimlari bu muammoga ham ajoyib yo`l topishdi...

Olimlar suv yuzasidagi neft qoldiqlarini o`zida to`plovchi yumshoq matoni o`ylab topishdi. Mazkur mato neft quyqumlarini, suv yuzasidagi 85% neftni shimib olish xususiyatiga ega. AQSh olimlarining bu olamshumul ixtirosi tufayli ko`plab muammolarga echim topilishi kutilmoqda. Matoda to`plangan neftni maxsus mashinalar siqib oladi va qayta ishlaydi.

Ixtirochi olimlardan biri shunday deydi: “Mazkur mato orqali atrof-muhitga, suv osti olamida yashovchi jonivorlarga hayot baxsh eta olamiz va ularga zarar keltirayotgan suv yuzasidagi neft qoldiqlaridan samarali foydalanib, uni ijobiy maqsadlarga yo`naltira olamiz. Hozirda biz mazkur ixtironi yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz va yaqin kunlarda bu ixtiro omma e`tiboriga havola etiladi.”

    Boshqa yangiliklar