Germaniyalik olimlar tibbiyot olamida katta salohiyatga ega, dorilarni maqsadli yo`naltira oladigan, yuzaga kelayotgan kasalliklar tashxisi va qon quyqalarini haydash imkoniyatlariga ega nanorobot yaratishdi. U hozirgacha yaratilgan robotlarning eng kichkinasi bo`lib qolmoqda, ya`ni hajmi 220 nanometrga teng...
U xuddi inson hujayrasidek inson organizmiga kirib, undagi ro`y berayotgan o`zgarishlar, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar va dori vositalarining maqsadli yo`naltirilishi kabi ma`lumotlar haqida markazga ma`lumot berib boradi. U soatiga 4 santimetr tezlikda harakatlanadi. Lekin hozirda uning tezligi qayta ko`rib chiqilmoqda. Nanorobotchalar orqali ko`plab kasalliklarga davo topish va ularni ertaroq bartaraf etish mumkin. Eng asosiysi bu bilan turli davosi haligacha topilmagan kasalliklarga davo topish mumkin, deya ishonishmoqda ixtirochilar.
Semyuel Sanchez, ixtiro rahbari:
— Nanorobotchalar orqali ko`p kasalliklarga davo topilishiga ishonaman. Shu bilan birga biz insonlar umrini uzaytirish va ularda qarish faoliyatini sekinlashtirishga mana shu nanorobotchalar orqali yo`l topamiz. Qisqa qilib aytganda, nanorobotchalar insoniyat salomatligi bo`yicha muammolarni bartaraf etishda yangi vosita vazifasini bajarishiga har tomonlama ishonaman.






