Kataloniya mustaqilligi uchun o`tgan referendum futbolga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Referendum bilan bir kunga to`g`ri kelgan «Las-Palmas» bilan o`yin Kataloniya markazidagi tartibsizliklar natijasida qoldirish xavfi ostida qolgandi. Shu sabab «Barselona» avvaliga shoshilinch yig`ilish chaqirdi. Unda o`yinni qoldirish masalasi ko`rildi.
Ammo keyinroq uchrashuvni o`tkazishga qaror qilindi. Lekin stadionga muxlislar kiritilmadi. Dastavval Pike boshchiligidagi vatanparvarlar bo`sh stadionda o`ynashni istashmagandi, lekin oxir-oqibat ular shartga ko`nishdi va «Barselona» bo`m-bo`sh stadionda o`ynashiga qaramasdan g`alaba qozondi.
O`yin 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo`ldi.
Hisob ikkinchi bo`limning 4-daqiqasida Buskets tomonidan ochildi. 70- va 77-daqiqalarda Messi gol urdi.
7-turdan so`ng "Barselona" 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o`rinda borayotgan "Sevilya" hisobida 16 ochko bor.






