AsosiyHi-tech

INSULT BILAN OFRIGANLARNI HAYoTGA QAYTARAMIZ

'INSULT BILAN OFRIGANLARNI HAYoTGA QAYTARAMIZ'ning rasmi

Medical Xpress, Avstraliyaning Kvinsled universiteti va Monash universiteti olimlari birgalikda hozirda eng ko`p uchraydigan kasallik, ya`ni insultni keltirib chiqaradigan va uni batamom bartaraf eta oladigan miyaning chap qismida joylashgan kichik qon ­tanachasini topishga erishishdi...

Endilikda mazkur qon tanachasiga turli muolajalar bajarish orqali insult bilan kasallangan bemorlarni tuzalib ketishlari uchun zamin yaratiladi. Nafaqat insult, balki miya to`qimalarini himoya qilish, bemorlarning nevrologik ahvolini yaxshilash mumkin. Hattoki, kislorod etishmasligi bilan zararlangan miyani davolash va uning faoliyatini qayta tiklash mumkin.

— Biz bu topilma bilan insultning salbiy oqibatlarini batamom to`xtata olishimizga ishonaman, — deydi tadqiqot professorlaridan biri Glenna King. — Har yili 5 million odam shu kasallikdan aziyat chekadi va afsuski ba`zilari hayotdan ko`z yumadi. Turli ta`sirlarga qaramay, biz endi millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin. Ammo bu topilma ustida yana ko`proq ishlashimiz lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar