1

VARIKOZGA QARShI 4 ChORA

SUG'DIYONA 02.10.2017, 14:09
Teglar: Sog` bo`ling
VARIKOZGA QARShI 4 ChORA

1-RESEPT

Ezg`ilangan bir bo`lak sarimsoqpiyozni 2 osh qoshiq saryog` bilan aralashtiring. hosil bo`lgan aralashmani oyoqdagi muammoli sohaga surtib, ustini sellofan bilan o`rang. Bir soatdan so`ng malhamni iliq suvda yuvib olasiz. Teri quruqlashib ketmasligiuchun bolalar kremidan surtishingiz mumkin.

2-RESEPT

1 stakan o`simlik yoki zaytun yog`iga 50 gramm maydalangan yong`oqni aralashtiring. Aralashma 7-8 kun davomida qorong`u joyda saqlanishi lozim. Tayyor bo`lgach, 50 daqiqa davomida bug`li vannada qaynatib olasiz. hosil bo`lgan aralashmani dokadan o`tkazib, alohida idishga suzib oling. Ushbu malhamni bir kunda 3-5 marta muammoli sohaga surtish mumkin.

3-RESEPT

100 gramm qatiqqa 1-2 osh qoshiq quritilgan shuvoq o`simligi aralashtiriladi. hosil bo`lgan bo`tqaga ozroq saryog` ham qo`shiladi. Ta`siri ortishi uchun aralashmani yarim soat muzlatgichda ushlang. So`ng foydalanishingiz mumkin. Venalarning varikoz kengayishi yuzaga kelgan sohaga asta aralashmadan surtib, engil uqalaysiz-da, yuzasini issiq sharf bilan o`rab qo`yasiz. Surtma tunda ishlatilgani ko`proq foyda beradi.

4-RESEPT

Navbatdagi mazni tayyorlash uchun yangi uzilgan kalanxoe o`simligining bargi kerak bo`ladi. 3-4 ta o`simlik bargini mayda to`g`rab, 1 osh qoshiq vazelin bilan bug`li vannada aralashtiring. 5-7 daqiqadan so`ng olovdan oling-da, sovuting. Maz bir sutka muzlatgichda turishi kerak. Shundan so`ng varikoz kengayish hosil bo`lgan sohalardagi og`riqlarga qarshi qo`llash mumkin bo`ladi.

Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi

Sharhlar

BO`ShAShGAN, QONAYoTGAN VA YaLLIЈLANGAN MILKNI DAVOLAYMIZ!

21.12.2017, 18:31

Ko`pchilik tish yuvayotgan paytda milklarining qonashiga uncha ahamiyat bermaydi. Vaholanki, aynan shu holatdan keyin og`zidan hid kelishidan tortib tish bo`shab qolishi va tushishigacha bo`lgan asoratlar...
APELSIN. ShARBATI HAM, ETI HAM, PO`STLOG`I HAM ShIFOBAXSh XUSUSIYaTGA EGA

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Sharbati hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, teri jarohatlanganda qon ketishini to`xtatishda yordam beradi, yaralarni zararli mikroblardan tozalaydi.Agar har kuni och qoringa bir juft apelsin esangiz...
MANDARIN — YaNGI YIL MEVASI!

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Tana harorati ko`tarilganda mandarin sharbati chanqoqni bosishda yordam beradi; Mikrob va viruslarga qarshi ta`sir kuchiga ega. Demak, o`tkir respirator kasalliklar va grippning oldini olishda...
BAYRAM DASTURXONI VA SALOMATLIK

21.12.2017, 18:15

Har bir kasallikka xos mumkin bo`lmagan holatlar bor. Bayram dasturxonini bezatishda yoki noz-ne`matlardan bahramand bo`lishda ularni inobatga olishga to`g`ri keladi. U yoki bu kasallikda qaysi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1