AsosiyJamiyat

O`zbekistonda gepatit A bilan kasallanish soni ortmoqda

- Buning ajablanarli tomoni yo`q, deyarli har yili shunday holat takrorlanadi, deydi Sog`liqni saqlash vazirligi Sanitariya, epidemiologiya nazorati markazi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Dilorom Tursunova.

Boshqarma vakilining UT nashriga bergan ma`lumotlariga qaraganda, ayni damda gepatit A bilan kasallanishni oldini olish maqsadida shifokorlar aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishmoqda.

Ishonchli himoya sifatida ushbu gepatit turiga qarshi emlanish, yuqori harorat va tana uyushishida zudlik bilan shifokrga murojaat qilish va uning tavsiyalariga rioya etish tavsiya etiladi. Kasallikni oldini olishning eng yaxshi vositasi shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishdir.

Darakchi.uz mazkur gepatit turiga emlash vositasi narxi bilan qiziqib, shahardagi vaksina markazlaridan biriga murojaat qildi. Surishtirganimizda ushbu em dorining Belgiyada ishlab chiqarilgani mavjudligi va uning narxi 95000 so`m ekanligini aniqladik. 

    Boshqa yangiliklar