5 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasi jamoalari chetda televizion huquqlarni sotishdan tushadigan foydani taqsimlashdagi o`zgarishlar xaqida muzokora olib borishdi, lekin bu o`zgarishlar liganing ko`pgina jamoalariga ma`qul kelmadi.
Liga rahbari Richard Skademor telehuquqlarni chetga sotishdan tushgan foydaning 35 foizini jamoalarning turnir jadvalidagi o`rniga qarab taqsimlash borasidagi rejani namoyish etgan edi. Chempionatning qolgan 14 jamoasi bu taklifni qo`llab-quvvatlamadi. Sababi bundan faqat liganig top 6 jamoalari ya`ni - "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal", "Liverpul" va "Chelsi" ko`proq foyda topadi.
25 yil davomida Angliya telehuquqlarni xorijga sotishdan tushgan foyda klublar o`rtasida teng bo`linib kelingan. 2016 yildan 2019 yilgacha bu foyda 1.07 milliard funtni tashkil etadi.
Bundan tashqari, AQSh, Xitoy va Afrikaning ayrim davlatlari bilan yangi shartnomalarga ko`ra, APL 2019-2022 yillar davomida yiliga 476 million funt oladi.






