AsosiyJamiyat

​QIRG`IZISTON PREZIDENTI TOShKENTGA KELDI

'​QIRG`IZISTON PREZIDENTI TOShKENTGA KELDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev 5 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atamboev va uning rafiqasini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan kutib oldi.

O`zbekiston Prezidentining 5-6 sentyabr kunlari Qirg`izistonga davlat tashrifi chog`ida bo`lib o`tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo`yicha fikr almashadilar.

O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida Qo`shma deklarasiya qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalarda o`zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentlarning Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan O`zbekiston va Qirg`iziston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar