AsosiyJamiyat

​PREZIDENTLAR O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON SANOAT MAHSULOTLARI KO`RGAZMASI BILAN TANIShDI

'​PREZIDENTLAR O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON SANOAT MAHSULOTLARI KO`RGAZMASI BILAN TANIShDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev «O`zekspomarkaz»da tashkil etilgan O`zbekiston va Qirg`iziston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi.

Ko`rgazmada mamlakatlarimiz so`nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovasion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sayti.

Prezidentlar ekspozisiya bilan tanishar ekan, mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko`rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishi va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta`kidladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar