04.12.2013 12:32
Endi abiturientlar test sinovlarigacha o`z bilimlarini tekshirishlari mumkin
Endilikda barcha xohlovchilar tanlagan yo`nalishlari bo`yicha o`zlarini test topshirish orqali bilim darajalarini sinab borishlari mumkin. Buning uchun tanlangan ta`lim yo`nalishi bo`yicha test savollari kitoblari va miqdori buyurtma qilinsa bas.
Davlat test markazi tomonidan buyurtma asosida test materiallari (savollar kitoblari va javoblar varaqalari) tayyorlanadi hamda belgilangan muddatda belgilangan manzilga jo`natiladi.
Bu orqali abiturient test sinovi orqali nafaqat o`z bilimini sinab ko`radi, balki savollar kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
1 dona savollar kitobi va javoblar varaqasi narxi:
oliy, oliy harbiy ta`lim muassasalariga kiruvchilar uchun – 9153 so`m;
ta`lim muassasalari pedagog xodimlari uchun – 9153 so`m;
o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga kiruvchilar
uchun – 4577 so`mni tashkil qiladi.





