AsosiyJamiyat

​ALMAZBEK ATAMBOEV QIRG`IZISTONGA JO`NAB KETDI

'​ALMAZBEK ATAMBOEV QIRG`IZISTONGA JO`NAB KETDI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`lgan Prezident Almazbek Atamboev bugun Qirg`izistonga jo`nab ketdi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kuzatib qo`ydi, deb yozadi O`zA.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5 oktyabr kuni bo`lib o`tdi.

Almazbek Atamboev Shavkat Mirziyoev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar «O`zekspomarkaz»da tashkil etilgan Qirg`iziston milliy mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralarda O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq xo`jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

Boshqa yangiliklar