1

O`zbekistonlik olima Argentinada yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Jamiyat 04.12.2013, 16:17
O`zbekistonlik olima Argentinada yuksak mukofot bilan taqdirlandi
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida Butunjahon fanlar akademiyasining umumiy yig`ilishi bo`lib o`tdi.
 
Unda O`zbekiston Milliy universiteti o`qituvchisi Dilfuza Egamberdieva ishtirok etdi. “Pravda Vostoka” nashrining xabar berishicha, u qishloq xo`jalik ekinlarining atrof-muhit salbiy omillariga nisbatan chidamliligini oshiradigan texnologiyalar rivojiga qo`shgan hissasi uchun medal bilan mukofotlandi.
 
Iste`dodli olima Dilfuza Egamberdieva 20 yildan buyon biologiya va tuproqshunoslik fakulteti laboratoriyasida faoliyat yuritib keladi. 2000 yilda unga Berlindagi Gumboldt universiteti tomonidan qishloq xo`jaligi bo`yicha fahrli doktorlik darajasi berilgan.
 
Ta`kidlash joiz, olima qo`lga kiritgan mukofot unga o`simliklardagi kasalliklarni boshqarib, ularni ekologik toza mahsulotlarga aylantiradigan mikroorganizmlarni etishtirish bo`yicha tadqiqot ishlarini davom ettirish imkonini beradi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1