Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonga hamdardlik maktubini yo`lladi.
Maktubda shunday deyiladi: “Sizning akangiz Nuriddin Rahmonning bevaqt vafot etishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg`uga soldi”.
Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga og`ir judolik munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.