AsosiyMadaniyat
4997

DAVLATLARNING O`ZARO ALOQALARI KENGAYTIRILADI

'DAVLATLARNING O`ZARO ALOQALARI KENGAYTIRILADI'ning rasmi

Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda. Bugun O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O. Nazarbekov vaQirg`iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri Tugelbay Kazakov o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi...

Uchrashuvda tomonlarning madaniyat sohasidagi rivojlanishlar, davlatlarning o`zaro madaniy aloqalarini kengaytirish, hamkorlikni mustahkamlash borasida fikrlar almashildi. Xususan, ikkala davlatda madaniyat kunlarini doimiy ravishda o`tkazib borish, sohaga oid rejalar haqida so`z bordi. Uchrashuv samimiy ruhda o`tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar