O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi qarorida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ`ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik vakillari, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosida yo`lga qo`yish belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning6oktyabr kuniO`zbkiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini majlislar zalida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi qoshida tashkil etilgan “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyatining taqdimot tadbiri bo`lib o`tdi.
Taqdimotda Respublika va Toshkent shahri kesimidagi Oliy o`quv yurtlaridan 100 nafarga yaqin olimlar, professorlar, dosentlar,O`zbekiston xalq va xizmat ko`rsatgan artistlar va ijodkor ziyolilardan iborat chuqur malaka va tajribaga ega bo`lgantarg`ibotchilar ishtirok etishdi. Tadbirda “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyatima`naviy-ma`rifiy targ`ibot-tashviqot tadbirlariga doimiy jalb qilingan, mamlakatimizning ko`zga ko`ringan, taniqli fan, adabiyot, san`at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlarini jamlagan ma`naviy-ma`rifiy uyushmaekanligi aytib o`tildi.
Shuningdek, tadbirda mazkur uyushmaning asosiy maqsadi –taniqli fan, adabiyot, san`at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlari ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy-ma`rifiy islohotlar,dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g`oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes hamda boshqa ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashishning ahamiyatini aholining keng qatlamlariga etkazish, respublikamiz fuqarolarining mamlakatdagi islohotlarga, bunyodkorlik ishlariga daxldor ekanligini xis qilishi, ularning kayfiyati hamda ma`naviy-ma`rifiy, madaniy salohiyatini oshirishga qaratilgan samarali g`oyaviy targ`ibot ishlarini olib borishdan iborat ekanligi ta`kidlandi.
“Ma`rifat”targ`ibotchilar jamiyatining ilk a`zolariga tantanali ravishda a`zolik guvohnomalari topshirildi. Bu haqda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Ma`rifat targ`ibotchilar jamiyati bilan ishlash bo`limi bosh mutaxassisi Shahnoza Tojiddinova ma`lumot berdi.






