1

«Sog`lom semizlik» - bu afsona

Salomatlik 05.12.2013, 14:16
«Sog`lom semizlik» - bu afsona
Kanada universitetilaridan birining xodimlari “sog`lom” semizlik haqidagi ommabop afsonani chippakka chiqardi.

Ma`lum bo`lishicha, ortiqcha kilogrammlar asta-sekin organizmning tabiiy sog`lig`ini yo`qqa chiqarar ekan.

Olimlar semizlikning sog`lom odamlar uchun zarari va foydasi haqidagi masalaga 
bag`ishlangan yirik tadqiqotdan keyin ana shunday xulosaga kelgan. Tadqiqotda 60 mingdan ziyod kishi qatnashdi. To`ladan kelgan odamlarda asosan qon bosimi, moddalar almashinuvi va qondagi qand moddasi miqdori bilan muammolar uchrashi aniqlandi. Ularda xushbichim insonlarga qaraganda miyaga qon quyilishi va infarktdan o`lish xavfi yuqoriroq ekani ham qayd etiladi.
“Sog`lom semizlik” degan xato fikrning paydo bo`lishiga shu sababchiki, buning salbiy oqibatlari boshqa normal ko`rsatkichlarda birdaniga emas, balki kamida o`n yildan keyin namoyon bo`ladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1