1

Tabobat: ANJIRNING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Salomatlik 09.10.2017, 17:07
Tabobat: ANJIRNING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Dasturxonimiz ko`rki sanaladigan mevalardan biri anjir ham bir qator xastaliklarga davo ekan. Quyidagi ma`lumotlarni o`qib ular haqida bilib olishingiz mumkin.

  • Anjir boshqa har qanday meva yoki sabzovotga nisbatan ko`proq tolaga ega. Bir dona quritilgan anjirda ikki gramm (0,07 unsiya) tola mavjud: bu tavsiya etiladigan kunlik iste`molning 20 foizini tashkil etadi. So`nggi o`n besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar o`simlik mevalaridagi tolalar hazm qilish tizimining muntazam ishlashi uchun juda muhim ekanligini aniqladi.
  • Ma`lumki, oziq-ovqatlardagi tolalar hazm qilishga yordam beradi hamda saraton kasalligining ayrim shakllari xavfini ham kamaytiradi.
  • Kaliforniya maslahat Kengashining fikriga ko`ra, meva va sabzavotlardagi antioksidlovchilar qator kasalliklardan himoya qilar ekan. Antioksidlovchilar tanada sodir bo`ladigan kimyoviy reaksiyalar natijasida yuzaga keladigan yoki tashqaridan orttirilgan zararli moddalar (erkin radikallar) ta`sirini yo`qotadi va shu tariqa hujayralar buzilishining oldini oladi.
  • Boshqa mevalarga qaraganda antioksidlovchilarga boy bo`lgan quritilgan anjirda fenolli tarkibning miqdori ancha ko`p uchraydi. Fenol zararli mikroorganizmlarni o`ldirish uchun antiseptika sifatida ishlatiladi. Anjir tarkibida fenol miqdori boshqa meva va sabzavotlardagiga qaraganda ancha yuqori.
  • Quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 vafitosterol kabi muhim yog` kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim rol o`ynashi mumkinligini aniqladi.126 Ma`lumki, omega-3 va omega-6 tanada ishlab chiqilmaydi, ular oziq-ovqatlardan so`rilishi mumkin.
  • Bundan tashqari, bu yog` kislotalar yurak, miya va asab sistemasining yaxshi faoliyat ko`rsatishi uchun juda zarur. Fitosterol hayvon mahsulotlaridagi xolesterinni (bu yurak arteriyalarini qattiqlashtiruvchi ta`sirga ega) qon oqimiga kirgizmasdan tanadan haydalishiga hissa qo`shadi.

Anjir har qanday maxsus parhez taomining bir chekkasidan joy olishi mumkin. Anjir tarkibida tabiatan yog`, natriy yoki xolesterin bo`lmasligi, lekin ko`p miqdorda tola bo`lishi tufayli, u ozishga harakat qilayotganlar uchun ideal taomdir.

  • Anjirda kalsiy miqdori juda baland: kalsiy miqdori bo`yicha anjir apelsindan so`ng ikkinchi o`rinda turadi. Bir yashik quritilgan anjir bir bidon sutda mavjud kalsiy miqdoriga ega.
  • Anjir uzoq vaqt kasal bo`lgan va tuzalishni istovchi bemorlarga kuch va quvvat beruvchi dori hisoblanadi. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf qiladi.
  • Anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qand bo`lib, u barcha mevalarning 51-74%ini tashkil etadi. Anjir qand miqdori eng ko`p mevalardan biridir.
  • Anjir astma, yo`tal va shamollashni davolashda ham tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1