1

Tabobat: QIShNING FOYDALI 5 MAHSULOTI!

Salomatlik 09.10.2017, 17:31
Tabobat: QIShNING FOYDALI 5 MAHSULOTI!

  • Brokkoli – karamning bu turi organizmingizni vitamin va minerallar zahirasi bilan to`ldiradi. Shu bilan birga, aqliy faoliyatga ham foydali bo`lib, mehnat unumdorligini oshiradi. Brokkolini qaynatilgan yoki xom ko`rinishida salat va eguliklarga qo`shib, iste`mol qilish mumkin. Ovqatlanganda brokkoli hazm faoliyatini yaxshilab, oshqozonda og`irliq paydo qilmaydi.
  • Mandarin – eng avvalo, S vitaminiga boyligi sababli qishning ayozli kunlarida ayni muddao. Chunki ushbu vitamin immunitetga foyda sanaladi. Allergiya holatlari kuzatilmasligi uchun bir kunda 3-4 ta mandarindan ortig`iga chalg`imang.
  • Yashil olma – sovuq mavsumda olmaning aynan mana shu turi hazm faoliyati bilan muammosi borlar uchun tavsiya etiladi. Yashil olma, uning sharbati yoki mevali pyuresi bolalarga ham foydalidir. Shuningdek, qishda to`lishib ketishdan xavfsiraganlar har kuni kechki ovqatdan so`ng bitta yashil olma iste`mol qilishga odatlansalar, vazn ortishi bilan muammolar kuzatilmaydi.
  • Xurmo – mavsumiy mevadan to`yib eb qoling. Chunki undagi foydali vitamin va mikroelementlarni boshqa faslda topolmaysiz. Xurmodagi karotin moddasi ko`rish qobiliyatiga ijobiy ta`sir etadi, teri tuzilishini yaxshilab, organizm hujayralarini erta keksayish alomatlaridan himoyalaydi. Ushbu meva ayniqsa, asabiy kishilarga juda foydali. Magniy hisobiga asabni tinchlantirib, kayfiyatni yaxshilaydi.
  • Quritilgan xurmo – kattayu kichikka birdek foydali bo`lgan mahsulot. Quritilgan xurmo yoki Eron xurmosida S,A,V vitaminlari bor. Qishda mazkur vitaminlar organizmni quvvatlantirib, bahorgi avitaminozdan himoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1