1

Shifo maslahat: “O`G`LIM KOMPYuTER “JINNISI”

Salomatlik 09.10.2017, 17:42
Shifo maslahat: “O`G`LIM KOMPYuTER “JINNISI”

— So`nggi vaqtlarda o`g`limni komyuterdan ajratib bo`lmay qoldi. Indamasangiz, bir necha soat o`yin o`ynab o`tiradi. Uning bu odati biror nimadan darak emasmi?

A.Qosimov, Chirchiq shahri

Nikolay VASNESOV, psixolog:

— Virtual olamning ohanrabosi bor. Birinchidan, uddalab bo`lmaydigandek tuyulgan ishlarni bajara olasiz, ikkinchidan, o`zingizni qandaydir qahramon obrazida ham ko`rishingiz mumkin. Biroq bu olamga kirib boraverganingiz sari real voqelikni anglashingiz qiyinlashadi. Diqqatni jamlash ham muammo tug`dirishi mumkin. Virtual olamdagi fikrlash haqiqiysidan tubdan farq qiladi.

Kompyuter o`yinlariga qiziqqanlar ana shu tafovut chegarasini unutmasliklari kerak. O`yindan chiqib ketolmaslik keyinchalik ruhiyatda turli o`zgarishlarni paydo qiladi. Qarabsizki, bola tasavvurlarida yashay boshlaydi.

Aslini olganda real hayotda ham tasavvurimizni ishga solib, atrofimizda o`zimiz ko`rishni istayotgan holatni paydo qila olamiz. O`g`lingiz ko`p vaqtini komyuterda o`yin o`ynash bilan o`tkazayotgan bo`lsa, demak bo`sh vaqti ko`p. Balki nazoratsiz qolgani uchun ham o`ziga shunday mashg`ulot topib olgandir. Nima bo`lganda ham muammo bor. Uning sababini izlagandan ko`ra, yaxshisi, echimini topgan afzal.

O`g`lingizga kompyuterdan foydalanishni taqiqlab qo`ymang. Asta-sekinlik bilan diqqatini boshqa mashg`ulotlarga jalb qilishga harakat qiling. Farzandingiz bilan ko`proq muloqot qiling, sayrga chiqing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1